Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
Gretsiyada yo‘lovchi va yuk poyezdining to‘qnashuvi natijasida kamida 32 kishi halok bo‘ldi, 85 kishi jarohat oldi.
Foto: AP
Gretsiyada 1 mart, chorshanbaga o‘tar kechasi ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘ldi, yana 85 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi mamlakat qutqaruv xizmatlariga tayanib.
Afinadan 370 km uzoqlikda joylashgan Larisa shahri yaqinida ichida 350 kishi bo‘lgan yo‘lovchi va yuk poyezdlari to‘qnashib ketdi. Natijada vagonlar relsdan chiqib ketgan, ulardan birida yong‘in chiqqan.
Hodisadan jabrlanmagan yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan va avtobusda Saloniki shahriga jo‘natilgan.
Ikki poyezdning bir yo‘lda to‘qnash kelgani sabablari hali aniqlashtirilmadi.
Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Mintaqa gubernatori Kostas Agorastos jarohatlanganlar va qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytdi. Unga ko‘ra, yo‘lovchi poyezdining to‘rtta vagoni relsdan chiqib ketgan, birinchi ikkitasi esa «deyarli butunlay vayron bo‘lgan».

Temiryo‘l operatori Hellenic Train «ikki poyezd – Afinadan Salonikiga ketayotgan yuk poyezdi va IC 62 poyezdi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lganini» aytdi. «To‘qnashuv vaqtida bortda 350 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va Hellenic Train xodimlari yetib kelgan, qutqaruv ishlarida qatnashgan va sayohatchilarga yordam berishgan», - deyiladi kompaniya xabarida.

Mavzuga oid
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
18:13 / 19.03.2026