Norma’ning yozişiça, quyidagilar 2020-2025 yillarda Bank-moliya akademiyasini rivojlantiriş konsepsiyasining asosiy yönalişlari hisoblanadi:
respublika rezidentlari va norezidentlarini uç (özbek, rus, ingliz) tilda öqitiş nazarda tutiladigan öqişga oçiq qabul qilişni taşkil etiş;
biznes ma'muriyatçiligi sohasida bakalavr va magistr (VVA va MVA) akademik darajasini bergan holda, bank biznesi va moliyani boşqarişning amaliy könikmalarini şakllantirişga qaratilgan öquv dasturlarini işlab çiqiş va joriy etiş;
robotlaştirişning ösib borayotgan ta'siri va sun'iy intellekt texnologiyalari rivojlanişini inobatga olgan holda mehnat bozoridagi özgarişlarni hisobga oladigan iqtisodiyot va moliya sohasidagi istiqboldagi yangi kasblar xaritasini işlab çiqiş;
davlat namunasidagi diplom bergan holda kadrlar tayyorlaşni ta'minlaş;
xalqaro korporativ universitetlar («Sberbank» OAJ, Credit Suiss, Unicredit va boşqalar) bilan birgalikda qöşma ta'lim dasturlarini işlab çiqiş;
masofadan turib (elektron) öqitiş orqali respublika hududlaridagi tijorat banklari filiallari uçun ta'lim dasturlarini taşkil qiliş va ötkaziş.
Akademiya quyidagilar böyiça tayanç oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi:
bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari böyiça yuqori malakali mutaxassislarni hamda rahbar kadrlarni tayyorlaş;
bank va moliya sohasi uçun kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş.
Akademiyaning bakalavriat va magistraturasida quyidagilar ta'lim oladi:
davlat grantlari mablağlari hisobidan davlat organlari va boşqa davlat taşkilotlari xodimlari;
Akademiya Kengaşi tomonidan belgilangan kvotalar doirasida tölov-kontrakt asosida respublika rezidentlari va norezidentlari.
Boşqa oliy öquv yurtlarining iqtisodiy yönaliş böyiça bakalavriati 3-kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar öqişini tanlov asosida Akademiyaga ötkazişlari mumkin.













