Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ikkinchi marta urinilmoqda. 2019 yil 4 dekabrda imzolangan prezident farmonida 2021 yil 1 yanvardan boshlab xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa, futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutilgan, biroq 2022 yil 6 apreldagi farmon bilan O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qaror bekor qilingandi.
Xo‘sh, bu safar qaror kuchga kirsa, qanday oqibatlarga olib keladi? Rivojlangan davlatlar bukmekerlardan voz kechayotganda nega bizda legallashtirishmoqchi? Undan kimlar foyda ko‘radi? O‘yinlarga pul tikib, yutqazish natijasida o‘z joniga siuqasd qiladiganlar soni oshmaydimi? Navbatdagi podkastimiz shu mavzuda. Mehmonlarimiz — sharhlovchi Otabek Jo‘rayev va jurnalist Jamoliddin Bobojonov.









