2021 yil 19 noyabr kuni Toşkent viloyati hududida ötkazilgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri doirasida Toşkent viloyati IIBB YHXB inspektorlari xizmat olib borayotgan vaqtda, YPX xodimlarini körib ortga qayrilib olgan «Spark» haydovçisi şubha uyğotgan va haydovçining ortidan kuzatib borişgan.
Planşet moslamasi yordamidagi tekşiruv davomida mazkur avtomobil bilan boğliq bölgan 6 million sömdan ortiq qarzdorlik mavjudligi aniqlangan. Xodimlar maxsus vositalar orqali haydovçidan avtomobilni töxtatişini söraşgan.
Haydovçi töxtaganidan söng xolis va guvohlar iştirokidagi tekşiruv davomida, haydovçi, 1965 yilda tuğilgan T.N. boşqaruvidagi avtomobilning salon qismidan 5 dona gugurt qutisiga solingan yaşil rangli, ötkir hidli, quritilgan giyohvandlik vositasiga öxşaş modda topilgan.
Şundan söng, haydovçi va topilgan modda Qibray tumani IIBga topşirilgan. Holat yuzasidan ötkazilgan sudga oid ekspertiza natijasiga köra, topilgan modda oğirligi 125 grammga tengligi, uşbu modda marixuana giyohvandlik moddasi ekani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qibray tumani IIB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandiga asosan jinoyat işi qözğatilgan.

















