Istanbuldan Samarqandga uchayotgan samolyot Turkiyada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
«Qanot Sharq» aviakompaniyasining HH572 reysi bilan Istanbul – Samarqand yo‘nalishida uchgan Airbus A320 uchog‘i (bort raqami UK32031) Turkiya osmonida bortida avariyaviy holat sodir bo‘lgani uchun yo‘lidagi eng yaqin zaxira aeroporti - Amasya viloyatidagi Merzifon aeroportiga qo‘ngan.

Foto: airliners net
“Novosti Tashkenskogo neba” spotterlik kanalining yozishicha, Turkiya osmoni bo‘ylab ekipaj parvoz chog‘ida “7700” javob berish kodini e’lon qilgan. Bu kod samolyot sahnida avariyaviy yoki boshqa shtatli bo‘lmagan vaziyat sodir bo‘lganini anglatadi. Shundan so‘ng samolyot Merzifon aeroporti yo‘nalishida pastlay boshlagan.
Samolyot Istanbul aeroportidan mahalliy vaqt bilan 16:52 da parvoz qilgan. Samarqandga reja bo‘yicha 23:10 da qo‘nishi kutilayotgandi. Xuddi shu samolyot 27 avgust kuni soat 01:10 da Sankt-Peterburgga parvoz qilishi lozim edi. Endi bu reys ham kechiktiriladi.
Aviakompaniya rasmiy saytida insident borasida biror rasmiy xabar berilmagan.
Qayd etib o‘tish kerak, mazkur samolyotning yoshi 17,6 yil bo‘lib, avval Air Berlin Berlin (Germaniya), Belair (Shveytsariya), Interjet (Meksika) kabi aviakompaniyalarda parvoz qilgan. 2021 yilning iyunidan “Qanot Sharq” aviakompaniyasi foydalanmoqda.
“Qanot Sharq” aviakompaniyasi hisobida jami 6 ta samolyot bo‘lib, ularning ikkitasi eskiroq Airbus A320, ikkita yap-yangi Airbus A321 neo samolyotlaridir. Bundan tashqari ikkita Airbus A330-200 samolyotlari “Uzbekistan airways” aviakompaniyasiga lizingga berilgan.
Avvalroq «Aeroflot» aviakompaniyasining Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyoti texnik nosozlik tufayli aeroportga qaytgani ma’lum qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Burger King yaqin oylarda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi
O‘zbekiston | 13:00
-
Oq uy kovid inson tomonidan yaratilganiga ishonyapti
Jahon | 12:58
-
Inson huquqlari bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiya tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 12:12
-
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi
O‘zbekiston | 12:03
Mavzuga oid

08:55
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi

20:21 / 17.04.2025
Turkiyada giyohvandlikka qarshi mamlakat tarixidagi eng yirik operatsiya o‘tkazildi

17:05 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

21:40 / 15.04.2025