Toshkentdan uy olish uchun propiska so‘ralmaydi, ishdan bo‘shagan xodimning propiskasi «kuymaydi». Prezident farmoni imzolandi
Bundan buyon ishdan bo‘shatilgan xodimning propiskasi «kuyib ketmaydi» va Toshkentdan uy sotib olish uchun propiska talab qilinmaydi. Boshqa viloyatda yashovchi shaxslardan Toshkent shahridan uy olganda undiriladigan oshirilgan qiymatdagi davlat boji bekor qilinmoqda. Kun.uz’ manbasi xabar berishicha, prezident tomonidan 21 aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha hujjat imzolandi.

Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berishicha, farmon bilan bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga tegishli qonun loyihasini Oliy Majlisga taqdim qilish vazifasi yuklatilgan.
Qonun loyihasida propiska tizimida bir qator o‘zgarishlar ko‘zda tutilmoqda.
Xususan, ilgari fuqaro davlat organidagi faoliyati davrida propiskaga kirgan, ishdan bo‘shatilganda yoki shartnomada belgilangan muddati yakuniga yetganda propiskadan chiqarib yuborilgan bo‘lsa, endi bunday bo‘lmaydi. Uning propiskasi saqlab qolinadi.
Bundan tashqari, shu paytgacha er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashashi talab etilgan va bir yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yo‘qotilgan bo‘lsa, qonunchilikka ushbu talabni bekor qiluvchi o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlisga taqdim etiladigan qonun loyihasida muqaddam Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolar ma'lum muddat boshqa hududda yashab, o‘zlari yashagan joyga qaytib kelganda, ular hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz qayta doimiy ro‘yxatga olinishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, parlamentga kiritiladigan qonun loyihasi tasdiqlangan taqdirda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga turish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda

13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi

11:23 / 11.03.2024
Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi o‘zgarishi mumkin

14:36 / 04.07.2023