Koronavirus infeksiyasi keng tarqalişining oldini oliş, aholi salomatligini himoya qilişni yanada kuçaytiriş maqsadida Toşkent şahrida ommaviy-madaniy tadbirlar ötkazilişida karantin talablariga rioya etilişi böyiça nazorat kuçaytiriladi. Bu haqda poytaxtda koronavirus infeksiyasi yangi ştammlari keng tarqalişini oldini oliş böyiça Toşkent şahar ştabining yiğilişida ma'lum qilindi.
Ştab yiğilişida poytaxtda töy, maraka va marosimlarni ötkazişda ham Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan belgilangan tartib-qoidalar va karantin talablari, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etilişi böyiça nazoratni qat'iylaştiriş belgilandi.
Şuningdek, Toşkent şahar ştabi tomonidan:
- sport musobaqalarini tomoşabinsiz ötkaziş böyiça tegişli çoralar körilişi;
- epidemiologik vaziyat yomonlaşgan taqdirda joriy yilning 1 aprelidan boşlab ommaviy tadbirlarni vaqtinça töxtatib turiş yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritişga kelişib olindi.
Eslatib ötamiz, 2020 yilning kuz oylarida mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan boğliq vaziyat biroz barqarorlaşib, bosqiçma bosqiç joriy etilgan karantin çeklovlar bekor qilinib, ijtimoiy va iqtisodiy sohalar faoliyati tiklana boşlagandi. 2021 yilning yanvar oyi oxirida konsert-tomoşa tadbirlarini taşkil etişga ruxsat berilgandi.

















