Maşhur yozuvçi va dramaturg Bernard Şou özining topqirligi hamda hozirjavobligi bilan ham ajralib turgan. Uning hayotida buni isbotlovçi misollar yetarliça. Quyida Şou hayotidan olingan qiziqarli lavhalarni taqdim etamiz.

Bir safar notarius bölib işlovçi missis Smit Bernard Şouga quyidagi taklifnomani yuboradi: “Smit xonim seşanba kuni soat 4 dan 6 gaça öz uyida böladi!”. Bernard Şou esa öz uslubida javob beradi: “Mister Bernard Şou ham!”;

Şou 1925 yilda Nobel mukofotiga sazovor böladi. Ammo şu yili birorta asarini çop ettirmagandi. Bu holatga esa kutilganidek öziga xos ta'rif topildi: “Bu yil asar çop ettirmay dunyo ahliga yengillik yaratganim uçun meni taqdirlaşdi!”;

Bernard Şou har doim topqirlikda ğolib çiqavermagan. Nyu-Yorkda Şouning bir pesasi namoyiş etiladi. Qahramonimiz pesada boş rolni ijro etgan aktrisaga telegramma yuboradi: “Ajoyib, noodatiy, qoyilmaqom!!!”. Quvonib ketgan aktrisa unga kamtarona javob yöllaydi: “Oşib yubordingiz, janob!”. Odatdagidek Şouning qitmirligi tutadi: “Men pesani nazarda tutgandim”. Aktrisaning javobi esa bundan ham oşib tuşadi: “Men ham!”. Beçora Şou…

Bir safar Şou juda semiz jyentelmen bilan uçraşib qoladi. Jyentelmen özini aqlli körsatgisi kelib, Şouning ustidan kulmoqçi böladi: “Janob, Sizni körgan odam Angliyada oçlik hukm suryapti, deb öylab qoladi”. Şou yana öz uslubida: “Sizni körgan odam esa bu oçlikning sababçisi Sizsiz deb öylab qoladi!”;

Bir yoş yigit Şouga murojaat qiladi: “Janob Şou, garov boğlaşim mumkin, Siz meni eslay olmaysiz”! Şou esa qisqagina javob qiladi: “Siz yutdingiz!”;

Bernard Şou bir pesasi namoyişining antraktida sahnaga çiqadi va odamlarga murojaat qiladi: “Pesam sizlarga manzur bölyaptimi?”. Zaldan ovozlar kela boşlaydi: “Ajoyib!”, “Betakror!”, “Tasanno!” Şu payt bir ovoz barçaning diqqatini tortadi: “Bema'ni!”. Şou öşa odamga murojaat qiladi: “Men ham şu fikrdaman, janob! Ammo ikkalamiz hammaga qarşi nima ham qila olardik?!”;

Kunlarning birida Bernard Şouga xat keladi: “Men Angliyaning eng gözal ayoliman. Siz esa eng aqlli erkaksiz. Biz turmuş qurib, farzandli bölişimiz kerak. Tasavvur qilib köring, unga mening çiroyim va Sizning aqlingiz ötsa, qanday ajoyib bölar edi!”. Şou esa öta madaniyatli tarzda javob qaytaradi: “Taklifingizdan xursandman. Ammo Siz ham tasavvur qilib köring. Unga Sizning aqlingiz va mening husnim ötsa, nima böladi?”;

Bernard Şouni oqsuyaklar doirasida bölib ötgan yoş skripkaçining konsertiga taklif etişadi. Kontsertdan söng yoş skripkaçining homiysi bölgan ayol Şouga yuzlanadi: “Xöş, yigitça haqida nima deysiz?”. Şou javob qaytaradi: “Bu yigit menga Paderevskiyni eslatib yubordi!”. Ayol hayratlanadi: «Axir, Paderevskiy heç qaçon skripkaçi bölmagan-ku!”. Şou jilmaygança suhbatga nuqta qöyadi: “Xuddi şunday!”;