Dunyo öz bağrida doim turfa xil insonlarni saqlab kelgan. Ular öy-xayollari, yaşaş tarzlari, hayotga qaraşlari va fikrlari bilan özgalardan ajralib turişgan. Buni ularning umr yölida uçragan voqealar ham tasdiqlab turadi.

“Tuşunarli” va “tuşunarsiz” buyuklar
Biz Muhammad Yusufni hammaga birdek tuşunarli, xalqona ohanglari uçun yaxşi köramiz. Rauf Parfini esa benihoya gözal taşbehlari, noodatiy falsafasi uçun uluğlaymiz. Aslida, ularning ikkalasi ham buyuk şoir. Biri hammaning mehriga sazovor bölgani uçun, ikkinçisi hammadan boşqaça bölgani uçun.
Manbalarda zikr qilinişiça, Albert Eynşteyn Çarli Çaplinning filmlarini sevib tomoşa qilar, uning muxlisi ekan. Bir kuni u suyukli aktyoriga şunday noma yuboribdi: “Sizga qoyilman, san'atingiz hammaga tuşunarli. Siz kelajakda buyuk odam bölasiz. Eynşteyn”. Oradan köp ötmay javob xati keladi: “Men esa Sizga qayta-qayta qoyil qolaman. Sizning nisbiylik nazariyangizni jahonda kamdan-kam odam tuşunadi, lekin baribir siz uluğ odamsiz. Çaplin”.
*

Yuragi qayerdaligini bilmaydigan talaba
Yakuniy imtihonlar arafasida talabalar orasida qanday qilib bölsa ham baholarini oliş taşvişi oralab qoladi. Öz vaqtida öqib, darslarga töliq qatnaşgan yoşlarning köngli töq, ammo biroz dangasaroq, qandaydir sabablar tufayli saboqlarga qatnaşa olmaganlarning esa holiga voy. “Tuşungan” öqituvçi uçrasa-ku, bir amallaşar, ammo “tuşunmaydigan”lari ham bor-da.
Aslida, bu bugunning gapi emas. Neça zamonlardan beri avlodlardan avlodlarga “meros” bölib ötmoqda. Qolaversa, bu “taşviş” faqat bizda emas, dunyo talabalari orasida ham bor. Şuning uçun bölsa kerak, haqiqatu töqimalar aralaş turli-tuman hikoyalar ham davrdan davrga ötib boraveradi.
Şunday hikoyalardan biri quyidagiça: Peterburg harbiy-tibbiyot akademiyasida dars bergan taniqli rus şifokori Sergey Petroviç Botkinning oldiga bir talaba kelibdi. U şunday talaba ekanki, ma'ruzalarga ham, amaliy maşğulotlarga ham qatnaşmagan. Şu bois öqituvçining heç bir savoliga javob bera olmabdi. Şunday qilib, şifokor uçinçi marta baho sörab kirgan boyagi talabani quvib solibdi. Birozdan söng uning döstlari hovliqib ustozlarining oldiga kelişibdi-da, baho ololmagan kursdoşlari juda xafa bölgani, yuragiga piçoq urmoqçi ekanini aytişibdi.
















