Kamerun şimolida öz-özini mudofa qiliş otryadi jangçisi kamondan öq uzib hududga kirib kelgan nigeriyalik xudkuş jangarini bartaraf qilgan. Bu haqda 4 may kuni mamlakatning Şimoliy ölka viloyati gubernatori Midjiyava Bakariga asoslanib, Associated Press xabar tarqatgan.

Amaldorning ma'lumotiga köra, 40 yoşli terrorçi ayol 14 yoşli qiz hamrohligida mamlakat çegarasini kesib ötgan. U va hamrohining badanida portlovçi qurilmalar örnatilgan bölgan. Ogohlantirişlarga qaramasdan ular Kamerun içkarisiga yurişda davom etişgan va jangçilardan biri unga kamonidan öq uzgan va zaharli öq uni halok qilgan. Terrorçi ayolning yonidagi qiz esa özini portlatib yuborgan.

Aprel oyida YUNISEF Afrikadagi jangarilar teraktlar sodir etişda bolalardan faollik bilan foydalanişga ötgani haqida xabar qilgandi. Ma'lum qilinişiça, "IŞIDning Ğarbiy Afrikadagi bölimi" maqomini olgan "Boko Haram" taşkiloti har 5ta teraktdan birida yoş qizlardan foydalanadi. 2015 yil davomida bolalar orqali Kamerunda 21ta, Nigeriyada 17ta, Çadda 2ta terakt sodir etilgan.