Pokiston janubi-ğarbida xudkuş uyuştirgan hujum oqibatida olti kişi, jumladan uç nafar Xitoy fuqarosi jarohatlandi, deb xabar berdi Xitoyning Karaçidagi boş konsulxonasi.
Konsullikning xabar berişiça, Belujiston viloyatida Xitoy kompaniyasi xodimlariga terrorçilik hujumi uyuştirilgan.
"Hujum natijasida olti nafar kişi, jumladan uç nafar xitoylik xodimlar jarohatlandi", — deyiladi xabarda.
Xitoylik muhandislarni olib ketayotgan avtobus yonida portlovçi modda ortilgan maşina portlatilgan. Jarohatlanganlarning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Xabar qilinişiça, Xitoy Pokiston hukumatidan voqeani sinçkovlik bilan örganişni hamda Xitoy korxonalari va fuqarolari xavfsizligini ta'minlaşni talab qilgan.
Pokistonda xudkuş Xitoy kompaniyasi xodimlariga hujum qildi
03:23 / 12.08.20189 1871 min

















