Kamerun şimolidagi Zamga qişloğida xudkuş qizça bir guruh öğil bolalar oldida özini portlatdi.
RTBF’ning ma'lum qilişiça, portlaş oqibatida 5 bola halok bölgan, 2 bola jarohat olgan. Qizça bolalar köçada öynab yurişganda ularning yoniga kelib, özidagi portlovçi qurilmani portlatgan.
Politsiyaning taxminiga köra, hujumni sobiq "Boko Harom", hozirda nomini "IŞIDning Ğarbiy Afrika viloyati" deb özgartirgan terrorçilik guruhi taşkillaştirgan.
AQŞning Vest-Poynt harbiy akademiyasi huzuridagi terrorçilikka qarşi kuraş markazi mutaxassislarining fikriça, "Boko Harom" öz hujumlarida qöllovçi xudkuşlarning aksariyatini ayollar va bolalar taşkil qiladi. Uşbu terrorçilik guruhi tarixda "hujumlar uçun erkaklardan köra köproq ayollar va bolalardan" foydalanuvçi ilk guruh hisoblanadi.
















