Kaliforniya ştatining sobiq gubernatori, maşhur aktyor Arnold Şvartsenegger komedik filmda suratga tuşadi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter naşri. Aktyor "Nima uçun Gyunterni öldirayapmiz" nomli komedik jangari filmda suratga tuşadi. 

Uşbu film Saturday Night Live teleşousi yulduzi Taran Killamning ilk rejissyorlik işi böladi. Killamning özi film ssenariysini yozgan.

Filmda Şvartseneggerdan taşqari Kobi Smolders, Bobbi Moynaxan, Pol Britteyn va boşqalar suratga tuşadilar.

Film syujyetiga köra, turli davlatlardan bölgan bir guruh yollanma qotillar dunyoning eng abjir yollanma qotili Gyunterni yöq qilişga qaror qiladi. Biroq Gyunter doimo ulardan bir qadam oldinda yuradi.

Bu Şvartsenegger suratga tuşayotgan birinçi komediya emas. Avval u "Bolalar boğçasi politsiyaçisi", "Egizaklar" kabi komediyalarda suratga tuşgan.

Şuningdek, Şvartsenegger "Terminator" filmining 6-qismi suratga olinişini tasdiqlagan.