Rolling Stone jurnali kinotanqidçilari XXI asrning eng yaxşi 50 komediyasidan iborat röyxatni tuzişdi. Röyxatda birinçi örinni rejissyor Kristofer Gestning 2000 yilda ekranlarga çiqqan "Şou ğoliblari" filmi egalladi.

Unda itlar körgazmasi va jonivorlar egalari körgazmada ğolib çiqiş uçun har narsaga tayyor ekanliklari hikoya qilinadi.
Reytingning ikkinçi örnida Armando Iannuççining zamonaviy britan-amerika siyosati haqidagi "Sirtmoq" (2009) komediyasi joylaşdi. Uçinçi öringa kelinning dugonalari boşidan keçirgan sarguzaştlar tasvirlangan Pol Figning "Vegasdagi qizlar bazmi" filmi loyiq körildi.


Şuningdek, eng yaxşi filmlar öntaligidan "Tutingan oğa-inilar" (2008), "Idiokratiya" (2006), "Oyoqdan çaluvçi sevgi" (2002), "Toni Erdmann" (2016), "Şon ismli zombi" (2004), "Qirq yoşli böydoq" (2005) va "Kadr ortidagi hayot" (2000) komediyalari joy oldi.
















