Angliya futbol assotsiatsiyasi «Mançester Yunayted» va «Lester» jamoalari örtasidagi uçraşuv vaqtida jamoalar futbolçilari Robert Hut va Marvon Fellayni örtasida keçgan janjalli vaziyat uçun ularga jazo tayinladi.
Germaniyalik va belgiyalik bu futbolçilar endi APL doirasidagi 3tadan uçraşuvni ötkazib yuborişadi. Kameralar Hutning Fellaynining soçlaridan tortgani, «Mançester Yunayted» futbolçisi esa bunga javoban tirsagi bilan unga zarba bergan.
Ikki futbolçi ham sportçiga xos bölmagan harakatlarni amalga oşirişda ayblangan. Hut bu jazoga munosabat bildirgan va 3 öyindan çetlatiş adolatsiz ekani haqida aytgan.
Qayd etiş kerakki, APLning joriy mavsumi yakuniga 2ta tur qoldi va futbolçilar bu 2 tur öyinidan taşqari keyingi mavsumning birinçi uçraşuvini ötkazib yuborişadi.
















