Moskvada yangiliklar milliy xizmati muharriri Aleksandr Rubtsov o‘z xonadonida o‘ldirib ketildi. Bu haqda agentlik saytida xabar qilindi.
“Bizning do‘stimiz va birodarimiz, yangiliklar milliy xizmati muharriri Aleksandr Rubtsov halok bo‘ldi. U 35 yoshda edi. Oxirgi ikki yil davomida uning ovozini “Nashe radio”, Rock FM, Best FM va “Radio JAZZ” radiostansiyalarida tinglagansiz”, - deyiladi xabarda.
Qotillik 3 may kuni sodir etilgan. Uning tanasida ko‘plab tig‘ jarohatlari hamda zarba izlari topilgan.
29 aprel kuni Aleksand Rubtsov so‘nggi marta efirga chiqqan.















