Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov har biri çiqişlarida kişilik tarixidagi eng qonli, eng katta yöqotiş va mislsiz qurbonlarga, el-yurtimiz örtasida qança-qança musibat va ofatlar, ğam-alamlarga, beva-beçoralar va yetimlarning paydo bölişiga sabab bölgan beşafqat uruş heç qaçon qaytarilmasligi uçun bunday fojia va balolarning oldini oliş, doimo ogoh va huşyor böliş zarurligini ta'kidlab keladi.

Afsuski, bugungi kunda dunyoning turli hudud va mintaqalarida, olis va yaqin atrofimizda qarama-qarşilik va ziddiyatlar tobora kuçayib borayotganini körmoqdamiz. Ayrim joylarda qon tökilayotgani, nizo va adovatlar avj olayotgani, faşizm degan balo yana boş kötarayotgani, millatçilik, şovinizm kabi havfli ofatlar maydonga çiqayotgani, bir söz bilan aytganda, vaziyat tobora keskinlaşib, xavf-xatarlar ortib borayotgani barçamizni taşvişga solmasdan qöymaydi. Bugungi kunda har bir inson albatta bunday ğoyat xavfli holatlarni, şular qatorida sobiq ittifoq hududlarida paydo bölayotgan qarama-qarşiliklarni körib, keça yaqin döst bölganlar ertaga özaro duşmanga, öta xatarli vaziyat yuzaga kelib qonli uruşga aylanib ketmasligini istaydi.

Bugungi kunda insoniyat bir qator global muammolar – ekologik tahdidlar, odamzotning yaşab qolişi, uruşlar, qurolli töqnaşuvlar bilan töqnaş kelmoqda. Tahlilçilar uruşlarni oldini olib, yer yuzida tinçlik örnatiş, ekologik muammolarnni bartaraf etiş bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini ta'kidlaşadi. Bu muammolarni bartaraf etiş insoniyatning kelajak manfaatlariga xizmat qiladi. Agar bu muaamolar xal qilinmaydigan bölsa, u xolda insoniyat kelajagi xavf ostida qoladi. Uruşlar insoniyatining “tarixiy yöldoşi” bölib kelgani tan olinadi. Olimlarning fikriça, beş ming yillik tarix davomida yer yuzida 14 500ta uruş bölib ötgan. Bu uruşlar oqibatida 3,5 milliard kişi halok bölgan. Eng qisqa uruş 1896 yilda Angliya va Zanzibar örtasida yuz bergan. Bu uruş 38 daqiqa davom etgan. Eng uzun uruş esa Gollandiya va Silli örtasida salkam tört asr davom etgan.

Avvallari ibtidoiy davrda uruşlar bölmagani aytib kelinar edi. Endi ma'lum bölişiça, öşa davrlarda xam ajdodlarimiz bir-birlariga qurol öqtalgan ekan.

Insoniyat tarixi şuni körsatib turibdiki, şu kunga qadar odamlar tabiiy ofatlar (zilzila, suv toşqinlari, qurğoqçilik, turli kasalliklar)ni bartaraf etiş bilan şuğullanib kelgan bölsa, endilikda insonlarning özlari tabiat va jamiyat inqiroziga sabab bölmoqda. Jamiyatdagi xar qanday özgariş tabiatga ta'sir qilmasdan qolmayapti. Yadro quroli yaratilişi bilan insoniyat oldida uruş va tinçlik muammosi dolzarb axamiyatga ega böldi. Jurnalistlardan biri A.Eynşteynga uçinçi jaxon uruşi haqida savol bilan murojaat qilganida, u “uçinçi jahon uruşida qanday qurollar bilan jang qilişlarini bilmayman-u, ammo törtinçi jahon uruşi tayoqlar bilan bölişiga işonaman” degan ekan. U bu sözlari bilan uçinçi jahon uruşi yer yuzini ostin-ustun qilişiga şa'ma qilib ötganiga şubxa yöq. Bugungi kundagi qurollaniş, davom etayotgan qirğin-barotlar buyuk olimning fikrlarini isbotlamoqda. Taxlilçilarning sözlariga qaraganda, bugungi kunda dunyo mamlakatlari ega bölgan yadro qurollarining atigi beş foizi işlatilgan taqdirda yer şarini öz öqidan çiqib ketişiga olib kelar ekan. Agar vaziyat şu darajada davom etadigan bölsa, u xolda yer yuzidan nafaqat insonlar yöqolib ketadi, balki sayyoramizning özi ham yöq bölib ketişi turgan gap. Özi nimani talaşayapmiz, degan savolni beradigan odam bormi?