Noutbukni tizzasiga qöyib işlaşni yaxşi köradigan erkaklar elektromagnit nurlarning reproduktiv organlariga zarari bölişi mumkinligi haqida öylab körişganmikan?! Afsuski, hozirça bunday xavotirdan xalos bölişning iloji yöq - heç kim bu sohaga doir tadqiqot olib bormagan.

Biroq çöntaklarda olib yuriluvçi uyali telefonlarning erkaklar soğliğiga yetkazadigan ziyoni töğrisida ma'lumotlar bor. 

Reproduktiv biotibbiyot (Journal of Reproductive BioMedicine) jurnalida yozilişiça, şim çöntagida uyali telefonini olib yuruvçi erkaklarning 47 foizi uruğlantirişda jiddiy muammolarga duç kelişadi. 

Taqqoslaş uçun: mobil telefonini tanasidan uzoqroqda saqlaydigan erkaklarning 11 foizidagina mazkur holat kuzatiladi. 

Professor Marta Dirnfeldning The Telegraph sahifalarida bildirişiça, bunday patalogiyaning sababi gadjyetlarning elektromagnit va issiqlik ta'sirida yuzaga kelişi mumkin. 

Ba'zi naşrlar erkaklar soğliğidagi muammolarni ularning katta şaharlarda yaşaşi bilan boğlab, bu nosoğlom ekologik muhit ta'siri bölişi mumkinligini taxmin qilişdi.