Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti (TDTU)da kelgusi öquv yilidan boşlab ikkita yangi fakultet — Muhandislik tizimlari fakulteti va Muhandislik-fizika fakulteti oçiladi. Mazkur özgarişlar Özbekiston Prezidentining 2 maydagi OTM faoliyatini takomillaştiriş töğrisidagi qarorida öz ifodasini topgan.
Hujjatda TDTU respublikaning muhandislik-texnika yönalişlari böyiça oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaş sohasidagi bazaviy oliy ta'lim muassasasi hisoblanişi belgilab qöyildi.
TDTUning Neft va gaz fakulteti talabalar kontingenti Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toşkentdagi filialiga ötkaziladi.
Universitetning davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan yangi taşkiliy tuzilmasi öz içiga Maşinasozlik texnologiyalari fakulteti, muhandislik geologiyasi va konçilik işi fakulteti va Energetika fakultetini ham öz içiga oladi.
Bunga qadar TDTUda yettita fakultet faoliyat yuritar edi: Mexanika-maşinasozlik, Geologiya va konçilik işi, Aviatsiya, Elektronika va avtomatika, Energetika, Neft va gaz hamda Sanoat tarmoqlarini boşqariş.
OTMdan «Gazeta.uz» naşriga xabar qilinişiça, ayni paytda TDTUda 2008 yilda Toşkent davlat aviatsiya instituti örniga taşkil etilgan Aviatsiya fakulteti talabalarini nima kutayotgani haqida ma'lumot berilganiça yöq.
Qaror bilan, şuningdek, Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti hamda uning huzuridagi Ixtisoslaştirilgan konstruktorlik-texnologiya byurosi tugatildi. Ularning attestatsiyadan ötgan ilmiy va muhandis xodimlari TDTUning yangi va qayta taşkil etilgan fakultetlari, şuningdek, yönalişlar böyiça kafedra va laboratoriyalariga işga qabul qilinişi mumkin.
Universitet sanoatning asosiy yönalişlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş böyiça örta va uzoq muddatli strategik dasturlarni samarali amalga oşiriş uçun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş darajasini tubdan yuksaltiriş, jahonning muhandislik ta'limini rivojlantiriş tajribasidan kelib çiqib kadrlar tayyorlaşni taşkil etiş va sifatini yaxşilaş, şuningdek zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratiş maqsadlarida qayta taşkil etilayotgani qarorda öz ifodasini topdi.












