2013 yil 15 may kuni barcha tomondan kutilgan uMail.uz pochta xizmati ishga tushirildi. Bu esa, elektron pochta xususan, Uznet tarixiga nazar solishga yaxshi bohonadir.
Matnli xabarlarni jo‘natish g‘oyasi EVM amerikalik universitetlarni bog‘lab turuvchi ilk tarmoqlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu to‘g‘risida Internet tarmog‘ida ko‘plab ma'lumotlar keltirilgan. 1972 yili Rey Tomlinson @ belgisini foydalanuvchi nomini qabul qiluvchi manzilli kompyuter nomidan ajratishni birinchi bo‘lib taklif qilgan. Avval xatlar bilan ishlashda veb-interfeysini taklif qilgan va 1995 yilda ilk bepul butunjahon Hotmail.com pochtasini yaratgan Djyek Smit va Sabir Bxatia dasturchilari elektron pochtada inqilobni ko‘tarishdi. 1997 yili Microsoft pochtani bir necha yuz million dollarga sotib olgan. Aynan Hotmail pochta xizmatlarining ishlash tamoyillarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bulardan asosiy uchtasi quyidagilar:
1.​ Dunyoning har qanday nuqtasidan kirish imkoniyatining mavjudligi.
2.​ Maxsus dasturlardan – pochta mijozlaridan mustaqilligi.
3.​ Eng muhimi – mutlaqo bepulligi.

Shuningdek, eng ommabop Yahoo! pochta xizmati (1997 yilgacha u RocketMail deb atalgan) mashhur qidiruv tizimi bilan bog‘liqligi ma'lum.
Runet xizmati ham asta-sekinlik bilan kuch yig‘ishni boshlab, mashhur bo‘lgan Mail.Ru (1998 yil) va Yandeks-pochta (2000 yil)larida rus zabon foydalanuvchilari pochta qutilarini yaratishni boshlashdi.
2004 yilning 1 aprel kuni o‘z pochtasini ko‘plab xizmatlarda, xususan Android mobil ilovalarida avtorizatsiya bilan bog‘lovchi Google tashkiloti tomonidan Gmail pochta xizmati ishga tushirildi. Darvoqe, forumlarda “pochta xizmatlarining yetarli darajada bo‘lishiga qaramasdan, qidiruv tizimidan yangi pochta xizmatining nima uchun kerakligi?” mavzularida bo‘lgan suhbatlar esga tushadi.
Uznetda birinchi bepul pochta xizmatlari internet-provayderlari tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, internetga boshqa provayderdan kirib bo‘lmagan. Xuddi shu tarzda, uzpak.uz pochtasi ishlagan.

Keyinchalik, ushbu cheklovlar bekor qilinib, misol uchun sarkor [email protected] pochtasini har qanday provayderdan tekshirish mumkin bo‘lgan.
Yagona uznet pochtasini yaratish masalasi doimiy ravishda forumlarda ko‘tarilgan. Bir paytlar mashhur bo‘lgan Doda.uz portalida shunday pochta yaratilgan, shuningdek, 2005 yili Aleksey Litvinov tomonidan yaratilgan Inbox.uz pochta xizmati ham mavjud. VSS provayderi internet to‘lovlarisiz pochtadan foydalanish imkonini beruvchi freemail.uz xizmatini yaratishni rejalashtirgan. Bu urinishlar TAS-IX tarmog‘ida joylashgan, yagona bepul pochta xizmatini yaratish zarurligini yana bir bor ta'kidlaydi. Ayniqsa, forumlarda mail.ru da joylashgan davlat mansabdor shaxslarining pochta manzillari tanqidiy ravishda muhokama qilingan. Pochtaning zarurligi nafaqat foydalanuvchilar balki aloqa sohasi rahbariyatlari tomonidan tushunildi.