Muqaddas Islom dini an'analariga ko‘ra, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Yaratganning habibi, sevgilisi, yaratilgan butun insoniyatning va boshqa maxluqotning har taraflama eng yuksagidir.

Payg‘ambarimiz (alayhissalom)ning odatlari, aytgan so‘zlari va yetkazgan xabarlariga asrlar osha musulmon xalqlari tomonidan turmush tarzining muhim qoidalari, namunasi sifatida amal qilib kelinmoqda. 

Bu amallar insonlarga nafaqat ma'naviy-axloqiy, shuningdek jismoniy naf keltirmoqdaki, ularning sog‘lik va salomatligimizdagi o‘rni xalqaro ilm ahli, zamonamizning yetuk olimlari tomonidan hayrat bilan e'tirof etilmoqda. Quyida e'tiboringizga Payg‘ambarimiz (alayhissalom)ning ilm-fan e'tirof etgan 10 ta fazilat va odatlarini bayon qilamiz.
 
1. Erta turmoqlik:
 
Payg‘ambarimiz (alayhissalom) erta yotib, azonda, Bomdod namozi vaqtida uyg‘onishni odat qilganlar. Bugungi ilm ham erta turish kun va hayotning samarali o‘tishini, bu insonni ruhiy va jismoniy salomatligiga foydali ekanini e'tirof etdi. 
Har kuni 15 daqiqa oldin uyg‘onish ham bir oyda ancha-muncha foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lish uchun zamin yaratadi.
 
2. Kamroq yemoqlik:
 
"Odam farzandlari orasida o‘z oshqozonini to‘ldirishdan ham yomonroq odat yo‘q. Odam bolalarining tirik qolishlari uchun bir necha bo‘lak ozuqa kifoya qiladi. O‘z taomining uchdan biri, ichimligining uchdan biri va olayotgan nafasining uchdan biriga ham qanoat qilsa bo‘ladi." (Imom Termiziy rivoyati) 
Kam taom iste'mol qilish kasallik va betoblikdan xalos bo‘lishning eng yaxshi yo‘l ekanligi Payg‘ambarimiz (alayhissalom) tomonidan ko‘p aytilgan va bunga amal qilingan. Bu qarash esa yaqinda ham ilm tomonidan isbotlangan. Xususan yaponiyalik olimlar uzoq yashash uchun juda to‘yib ovqatlanmaslik, to‘yganlik darajasi 80 foizdan oshmasligini aytishadi.
 
3. Sekin ovqatlanmoqlik:
 
Bugungi ilm inson miyasiga to‘yganligi haqida xabar ovqatlangach 20 daqiqadan so‘ng kelishini aytadi. Payg‘ambarimiz (alayhissalom) ham shoshmasdan ovqatlanishni odat qilganlar. Bu esa tanaga ovqatni yaxshi hazm qilish, kamroq taom iste'mol qilib, ortiqcha badhazmliklarning oldini olishga xizmat qilgan. Payg‘ambarimiz (alayhissalom) bu odatni boshqalarga ham ko‘p marotaba tavsiya qilganlar.