LG G5 smartfoni LG 360 CAM moduli yordamida dunyoning mashhur diqqatga sazovor joylarini yangi nigohda ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi.
SeUL, 2016 yil, 3 iyun, - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan, LG Electronics (LG) kompaniyasi, YuNeSKO butunjahon madaniy va tarixiy merosini muhofaza qilish zarurligini qayd etgan holda, 360-darajadagi jozibali video yordamida yanada keng istiqbolni namoyish etadi.
LG 360 CAM modulining universalligidan foydalanilgan holda suratga olingan ikki daqiqali 360-darajali video, mashhur joylarni yangi rangda namoyish etib, tomoshabinlarni, o‘z atrofidagi nodir tarixiy meros durdonalarini asrab-avaylash uchun faolroq harakat qilishga chaqiradi.
5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kuni. Bu kun, BMT uchun atrof-muhit muhofazasi uchun amaliy harakatlar qilish va jahon jamoatchiligini bu sohadagi ishlardan xabardor etisha muhim sanadir. Shu kuni, LGning butun dunyodagi xodimlari, 2010 yili BMT tomonidan ilgari surilgan, Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish maqsad va rejalari bilan birdamligini namoyish etish maqsadida, turli xil volontyorlik aksiyalarida qatnashadi.

Shu bilan birga, jozibali, kishini lol qoldiruvchi 360-darajali video, interaktiv mazmun kelajagini tasavvur qilish imkonini berish barobarida, tomoshabinni qurilmangizning eng so‘nggi imkoniyatlaridan bahramand etadi.
Ozodlik haykali, Eyfel minorasi, Qizil maydon, Buyuk Xitoy devori, Sidney opera teatri va Seulning Chxandok saroyi kabi dunyoning yirik diqqatga sazovor joylari 360 darajali formatdagi videolavhaga olindi.

Aytish joizki, 360-darajali maftunkor suratlar va videolar, yetakchi ijtimoiy media platformalarida kunsayin ko‘payib bormoqda. Xususan, Facebookning xabariga ko‘ra, mazkur ijtimoiy tarmoq ushbu formatni qabul qila boshlaganidan beri, 20 mingdan ortiq 360-darajali video va suratlar yuklangan. Kuniga yana yuzlab yangi materiallar qo‘shilib boryapti.

















