Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalar elektrokar bilan jahon rekordi o‘rnatishdi
Shveytsariya oliy texnika maktabi va Lyutsern tabiiy fanlar Universitetining 30 nafar shveysariyalik talabasi soatiga 100 km tezlikka 1,513 soniyada erisha oladigan elektrobolid ishlab chiqishdi. Bu avvalgi rekorddan salkam 20 lahzaga, Tesla Ludicrous Speed vaqtidan 1 soniyaga tezroqdir, deb qayd etmoqda The Verge.
Tesla Model S P90D elektromobili Ludicrous Speed Upgradedan foydalanib, 2,6 soniyada 100 km/s tezlikka erisha oladi. Bu, ommaviy elektrokarlar bozoridagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.
Mashina, uglerod tolasidan yasalgan bo‘lib, unga g‘ildiraklarni alohida boshqara oladigan bort kompyuteri o‘rnatilgan. Bundan tashqari, uning to‘rttala g‘ildiragi yetakchi bo‘lishi ham mumkin.
Mashina, 1981 yildan beri o‘tkazib kelinadigan Formula Student (Formula SAE) musobaqalari uchun ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026