City University London tarkibiga kiruvçi Cass Business School tadqiqotçi guruhi elektron xat matnida yolğonni foş eta oluvçi algoritm işlab çiqdi. Bu haqida International Business Times xabar berdi.
Masalan, kişilik olmoşlaridan qoçiş, harakatlarini haddan ziyod isbot qilişga uriniş va tavsiflarning köpligi nosamimiylikdan darak berişi mumkin. Şuningdek me'yordan oşiq xuşmuomala böliş ham yolğonning belgilaridan biridir, çunki bunday xat muallifi suhbatdoşiga özini yanada yaqin tutişga harakat qiladi.

Tadqiqot mualliflari özlarining "Aldov törining foş bölişi: Kompyuter kommunikatsiyasida avtomatik ravişda aldovni foş qiliş" tadqiqotlarida izoh berişlariça, algoritm taşkilotlarni firibgarlik va moliyaviy yöqotişlardan himoya qiliş uçun işlab çiqilgan.
"Bizning dasturiy ta'minotimiz kompaniyalarga mijozlarning rost yo yolğon sözlayotganlarini, ular haqiqatda hamkorlikni davom ettirişni istaşyaptimi yoki yöq - şularni aniqlaşga yordam berişi mumkin", - deydi Cass Business Sçool'da marketingdan saboq beruvçi Ko de Ryuyter.
Tadqiqotçilarning fikriça, aldov biznesda jiddiy qonunbuzarliklarga va sud jarayonlariga olib kelişi mumkin. Ularning baholaşiga köra, faqat AQŞning özidagina işbilarmonlar hamkorlarining adolatsizligi tufayli yiliga 200 milliard dollar yöqotişadi. Şu bois yangi algoritm kelajakda menejyerlarga örgatilsa, u taşkilotni yuzaga kelişi ehtimoli bölgan katta xarajatlardan qutqarişda asqatadi.
















