Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: Rossiya va Turkiya uchrashuvi munosabatlarning me'yorlashuviga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi
Rossiya va Turkiya TIVning yuqori darjali uchrashuvi munosabatlarning me'yorlashuviga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Bu haqida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya TIV rahbari Mavlut Chovusho‘g‘li bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma'lum qildi.
Chovusho‘g‘li uchrashuv oldidan rossiyalik jurnalistlar bilan rus tilida salomlashdi.
Ikki davlat vazirlari bir-biri bilan do‘stona va iliq munosabatda bo‘lishdi.
"Turkiya prezidentining Rossiya rahbariga xat yo‘llagani va ularning telefon orqali suhbatidan so‘ng munosabatlarni muhokama qilish imkoniyatini qadrlaymiz. Umid qilamizki, bu aloqa munosabatlarning normallashuviga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatadi" - dedi Lavrov.
"Bugun biz ushbu jarayonni muhokama qilamiz", - qo‘shimcha qildi u.
"Uchrashuvga taklif etganingiz va mehmondorchilik uchun katta rahmat, - dedi Chovusho‘g‘li. - Prezidentlarimiz telefon orqali muloqot qilishdi, bu suhbat juda samarali bo‘ldi. Biz esa aloqalar munosib darajaga chiqish uchun munosabatlarni me'yorga keltirishimiz kerak".
Mavzuga oid
20:56 / 21.06.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
16:52 / 10.06.2026
Sherzod Asadov Moskvada Sergey Kiriyenko va Dmitriy Peskov bilan uchrashdi
09:53 / 14.05.2026
Tramp va Si Jinping Pekinda uchrashuv o‘tkazdi
09:35 / 10.05.2026