2016 yilning may oyi oxirida tarmoqda maktabdagi qobiliyatli bolalar tanlovida tasvirga olingan rolik juda maşhur bölib ketdi. Şimoliy Karolina ştati, Şarlott şahrida yaşovçi Mayk Senatore butilkani aylantirib otib, tomoşabinlarning olqiqşiga sazovor böldi. Mazkur video 4 milliondan ortiq marta körildi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari esa butilkani otiş tryukini takrorlaşga kirişib ketişdi. 

May oyining boşida YouTube foydalanuvçilaridan biri suvli butilkani otişdek befoyda iste'dod namoyiş etilgan videoni kanalga çiqardi. Rolikni bir yarim milliondan ortiq odam tomoşa qildi, lekin maktab iste'dodlari tanlovidan olingan videodan keyingina "butilkani aylantirib otiş" fleşmobi boşlandi. 

Maykni televideniyega taklif qilib, intervyu ola  boşlaşdi. Stiven Kolberning tok-şousida Mayk uşbu tryukiga atigi ikki soat sarflaganini tan oladi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari çellenj ğoyasini qöllab-quvvatlaşdi hamda butilka otiş videolarini namoyiş eta boşlaşdi. 

Kimki zamon bilan hamnafas yurişni istasa, YouTube'da qayday qilib butilka iştirokidagi tryukni töğri amalga amalga oşirişni örgatuvçi videolar paydo böldi. Tryukning siri oddiy: butilka yarim böş bölişi kerak. 

Bu fleşmobni yoqtirmaganlar ham topildi: köpçilik uşbu tryukni haddan taşqari sodda deb topdi. Frisbi otiş böyiça ikki karra çempion Brodi Smit özining instagramdagi sahifasida "Butilkalarni otiş töxtatilişi kerak!" degan çorlov bilan çiqdi.