Musulmonlarga namoz ibodati vaqtini yodga soluvçi azon çaqiriği 1934 yildan beri ilk marotaba 2 iyul kuni Istanbulning Ayo Sofiya ibodatxonasida yangradi. Bu jarayonni TRT Diyanet TV telekanali jonli efirga uzatdi. Uşbu anjumanda Turkiya din işlari boşqarmasi rahbari Mahmud Germez ham iştirok etgan. 

Aytiş joizki, sönggi 4 yilda azon Ayo Sofiya minoralaridan eşitilar edi. Biroq, buning uçun söfilar muzey hisoblanuvçi ibodatxonaning hududi emas, maxsus xonadan foydalanişar edi. 

Bir vaqtlar Konstantinopol deb atalgan şaharning Ayo Sofiya ibodatxonasi ming yillardan ortiq vaqt mobaynida nasroniylik dini olamining eng yirik ibodatxonasi bölib kelgan. Vizantiya imperiyasining qulaşi va Konstantinopolning bosib olinişi bilan u masjidga aylantirilgandi. 

Biroq, 1934 yili zamonaviy Turk davlati asosçisi Mustafo Kamol Otaturkning maxsus farmoniga muvofiq muzeyga aylantirilgan, 1985 yili  YuNeSKOning jahon madaniy merosi röyxatiga kiritilgandi.

Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdöğanning qaroriga köra, musulmonlarning röza tutiş oyi Ramazonda Ayo Sofiyada Qur'oni Karim xatmi yölga qöyildi. 

Gretsiya taşqi işlar vazirligi, Erdöğanning qarorini tanqid qilgandi. 


 

Foto:© RIA