Kim ham toza, beğubor havodan nafas olişni istmaydi deysiz, ammo bugungi kunda bu aksar şahar va davlatlarning muammosiga aylanib ulgurgan deyiş, mubolağa bölmaydi. Berklidagi Kaliforniya universiteti olimlarining ötkazgan tadqiqot natijalariga köra, Xitoyda kuniga zaharli tutundan 4 ming kişi hayotdan köz yumadi. AQŞda ham bu borada hammasi köngildagidek deb bölmaydi. Mamlakat aholisining qariyb yarmi, unçalik qulay bölmagan şaroitlarda istiqomat qiladi va iflos havodan nafas oladi. Rossiya va Yevropaning köplab davlatlarida ham vaziyat ayançli. Rossiya şaharlarining 50 foizdan köproğida yaşovçilar ham toza havo tanqisligidan aziyat çekadi.

Hollandiyalik dizayner Daan Roozegarde işlab çiqqan 7 metrlik havo tozalagiç, ifloslangan havodan nafas oluvçilarning joniga aro kirdi, deyiş mumkin. Smog Free Tower - tutundan xoli minora, guyoki çangyutgiç kabi iflos havoni tortib olib, yoriqlari orasidan tozalangan, filtrlangan havoni çiqaradi. Minora soatiga 30 000 kub metr havoni tozalay oladi. U buning uçun 1,5 kVt energiya işlatadi. E'tiborli jihati, bu energiyani ham qurilmaning özi işlab çiqadi.

Loyihani hayotga tatbiq etiş uçun 3 yil sarflagan dizayner, endilikda Xitoy hukumati bilan muzokaralar olib bormoqda. U, sönggi vaqtlarda zaharli tutunlardan ifloslangan Xitoy şaharlarida öz ğoyasini amalga oşirişni rejalaştirayapti.
Ehtimol, bu minoralar dastlab parklarga örnatiladi. Ular taşqi körinişi bilan ham parkka öziga xos jilo bağişlaşi şubhasiz.

Minoradan çiqariladigan musbat ionlar havodagi inson uçun zararli çanglarni öziga biriktirib oladi, iflos havo tortilgaç, u minora tagiga çökadi. Texnologiya boşqa usullarda filtrlaş imkonini bermaydigan mayda zarralarni ham tozalay oladi.
Bu kabi minoralar amaliy foydadan taşqari xom-aşyo ham yetkazib bera oladi. Gap şundaki, minora içida töplangan uglerodning mayda zarralaridan öziga xos taqinçoqlar va tugmalar işlab çiqiş mumkin.
















