Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 12 kishi suv bosgan kon ichida qolib ketdi
Xitoy shimolida joylashgan konni suv bosishi oqibatida 12 kishi ichkarida qolib ketdi, deb xabar bermoqda «Sinxua» agentligi. Voqea Shansi provinsiyasining Tszinchen shahrida yuz bergan.
O‘z navbatida, Shanghai Daily nashrining yozishicha, Xitoy janubidagi ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetgan, 7 kishi jarohatlangan.
Bitsze shahriga yaqin qishloqda sodir bo‘lgan ko‘chki ostida 30 kishi qolib ketgan, ularni qutqarishga muvaffaq bo‘linmagan. Qutqaruv ishlariga 800 dan ziyod askar va qutqaruvchi safarbar etilgan.
Mavzuga oid
22:31 / 16.07.2026
Xitoyda o‘ta realistik U1 odamsimon-hamroh roboti taqdim etildi
08:41 / 16.07.2026
Jahonning eng yirik oltin konlari: O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
18:11 / 15.07.2026