Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik kanoeda eshkak eshuvchi Vadim Menkov Rio–2016 Olimpiadasiga bora olmasligi ma'lum qilindi
Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni Vadim Menkov Rio–2016 Olimpiadasida ishtirok etmaydi, deb xabar bermoqda Olamsport.com.
Gap shundaki, xalqaro federatsiya Olimpiya o‘yinlarida bir davlatdan ikki yo‘nalish bo‘yicha yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilar birgalikda ikkilik bahslarida ishtirok etish talabini qo‘ygan. Bizda 1000 metr masofada Aleksey Mochalovda ham yakkalik, ham ikkilik yo‘nalishida litsenziya bor.
Vadim Menkov esa o‘zining sevimli 1000 metr masofasida Rio-2016 o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagandi. Lekin yana bir hamyurtimiz Gerasim Kochnev bilan birga 1000 metr masofaga o‘tkazilgan saralash bahslarida litsenziyaga ega bo‘lgandi. Xalqaro talabga ko‘ra, endi Mochalov Kochnev bilan birga ikkilik bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Shuningdek, 1000 metr masofaga o‘tkaziladigan yakkalik bahslarida ham startga chiqadi. Bu masofada Mochalovning natijalari Menkovnikiga nisbatan yaxshiroq. Garchi, Vadim Rioga bora olmasada, uning litsenziyasi o‘z kuchdi qolaveradi. Xuddi boksda bo‘lgani kabi. Biz bitta vaznda ham Elnur Abduraimov, ham Xurshid Tojiboyev Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Nachora, shunaqasi ham bo‘lib turadi.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026