Rasmiy Bişkek öz fuqarolarining Istanbul aeroportida sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorligini rasman tasdiqlagani yöq. Qirğiziston prezidenti devoni rahbarining örinbosari Sapar Isoqov, jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, şu haqda ma'lum qilgan.
Eslatib ötamiz, 28 iyun kuni Turkiyaning Ataturk xalqaro aeroportiga kiraverişda, çiqişda va avtoturargohda sodir etilgan uç portlaşda 44 kişi qurbon bölgan, 239 nafar odam yaralangan edi. Halok bölganlarning 19 nafari xorijlik fuqarolar bölgani aytilgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan qöporuvçiliklarga aloqadorlikda gumon qilinib, 30 kişi hibsga olinganini ma'lum qilgandi. Uning sözlariga köra, fojiaga Doğiston, Qirğiziston va Tojikiston fuqarolari aloqador.
Isoqov, qirğiz fuqarolarining fojiada iştirok etganini tasdiqlaş imkoni hozirça yöqligi, buni aniqlaş böyiça qonuniy aniqlaş jarayoni olib borilayotganini aytgan.
Uning aytişiça, "qaçonki aniq ma'lumot kölga kiritilsa, respublika IIV matbuot brifingi ötkazadi".
















