Uning so‘zlariga ko‘ra, Tuleshov o‘zining uyushgan jinoiy guruhini ta'minlash uchun katta mablag‘ sarflagan. To‘kin-sochin hayotni orzu qilgan Tuleshov banklar va transmilliy jinoiy jamiyatlardan ham qarz olgan. Uning qarzi, MXQ ma'lumotlariga ko‘ra, 200 mln dollardan oshadi.
«Ayni shu vaqtda, Tuleshovda hokimiyatni kuch bilan egallash istagi paydo bo‘lgan», — degan Karasev.
Pivo zavodi direktori, ma'muriy boshqaruvni qo‘lga kiritgach, bank qarzlarini qaytarish muammosini hal etishni rejalashtirgan. Buning uchun u davlat rahbari lavozimini egallashni o‘ylagan.










