Sport gimnastikasi böyiça amerikalik Olimpiya çempioni Gabriel Duglas "Mattel" kompaniyasining yangi Barbi qöğirçoqlarining timsoliga aylandi. Bu haqida The Huffington Post ma'lum qildi.
10 iyul, yakşanba kuni Duglas Braziliyadagi Olimpiadada AQŞ nomidan iştirok etişi töğrisida e'lon qilingan. 11 iyul, duşanba kuni esa sportçi özining timsolidagi Barbi qöğirçoqlarini taqdim etdi.

"Qizlar, keling tösiqlarni yengişda davom etamiz va orzu qilganga yaraşa, katta orzu qilamiz", - deb yozib qoldirdi Duglas özining tvitterdagi sahifasida.
Yangi qöğirçoq Barbie Shero qatorida namoyiş qilingan. Bundan avval Barbi qöğirçoqlari balet ustasi Misti Kouplend va aktrisa Emmi Rossum kabi taniqli şaxslar timsolida yaratilgan. Rossiyadagi birinçi Barbi qöğirçoği esa supermodel Natalya Vodyanova timsolida taqdim etildi.


















