Yaponiyadagi Içinono qişloğida aholi jonli jamiyat muhitini qaytariş uçun köçalarga qöğirçoqlarni joylaştirmoqda. Hozirgi kunda qişloqda 60 nafardan kam odam istiqomat qiladi — ularning aksariyati allaqaçon nafaqa yoşiga yetgan. Yoşlar esa yaşaş, işlaş yoki öqiş uçun yaxşiroq joy izlab ketişgan. Endi ularning örnini odam böyi keladigan manekenlar egallamoqda.

Eski kiyim va matolardan yasalgan qöğirçoqlar qişloqning turli qismlariga joylaştirilgan. OAVda e’lon qilingan suratlardan birida boşiga qalpoqça kiygan kokilçali qiz arğimçoqda ötirganini köriş mumkin. Uning yonida samokatda yurgan bola turadi. Yaqin atrofda velosipedda ötirgan yana bir qöğirçoq bor. Qöl uşlaşib turgan ikki “qizça” esa biroz vahimali körinadi — bu qöğirçoqlarning yuzlari yöq.

“Qöğirçoqlar son jihatdan bizdan oşib ketgan bölsa kerak”, — deydi Içinonoda yaşovçi 88 yoşli Hisae Yamazaki.

Ayolning aytişiça, qişloqdagi keksalarning farzandlari bor, ammo ular bolalari boşqa joyga köçib ketişini qöllab-quvvatlagan. Endi bölsa Içinono aholisi buning “jabrini tortmoqda”.

Qişloqdagi yagona bola — ikki yoşli Kuranosuke Kato. Sönggi 20 yil içida aholi punktida undan boşqa çaqaloq tuğilmagan.

Içinono — aholining aksariyat qismini 65 va undan katta yoşdagi kişilar taşkil etadigan 20 mingdan ortiq yapon qişloqlaridan biri. Xususan, Yaponiyaning Nagoro qişloği dunyodagi eng ğayrioddiy hududlardan biri hisoblanadi. Bu yerda odamlar örnini qöğirçoqlar egallagan: avtobus bekatlarida, uylarda va hatto maktab bolalari örnida ham qöğirçoqlar bor. Qişloqda atigi 30 yaqin odam yaşasa-da, u yerdagi manzarani köriş uçun yiliga 3 mingdan oşiq odam boradi.

Ta’kidlanişiça, mamlakat boş vaziri Sigeru Isiba qişloq hududlarini rivojlantirişga kömaklaşişni va’da qilgan.

2024 yil birinçi yarmida Yaponiyada 40 mingga yaqin odam öz uyida yolğiz vafot etdi. Ularning 4 mingga yaqini ölimidan bir oy ötib topilgan, 130 nafar odamning ölimi bir yil davomida aniqlanmagan.