Burçakda jilmayib ötirgan 4 soatlik videolari bilan tanilgan bloger Benjamin Bennet özining YouTube'dagi kanaliga 221-sonli videosini çiqardi. Umumiy hisobda yigit kameraga qarab deyarli 37 kun yoki 884 soat jilmayib ötirgan.
Bennet 2014 yildan boşlab roliklar çiqara boşlagan. Bir qança vaqtdan söng u Kickstarter portali orqali pul yiğib olmoqçi bölgan, buning uçun yigit işini taşlab, kun böyi kameraga qarab jilmayib ötirişi kerak bölardi. Vaqt ekvivalentidagi xarajatlarni bloger 8 dollarga baholadi. Biroq qiziqişni işga aylantiriş harakati muvaffaqiyatli yakunlanmadi.
Sitting and Smiling loyihasi bugunga qadar 3 milliondan ortiq marta körildi. YouTube knalidagi yangilanişlarni butun dunyo böylab taxminan 30 ming foydalanuvçi kuzatadi.
















