Turli xil reytinglar tuzişi bilan dong taratgan Forbes jurnali dunyoning eng katta haq oladigan videoblogerlarining yangi röyxatini e'lon qildi. Unga köra, 27 yoşli şved Feliks Kellberg ikkinçi yildirki, dunyoning eng köp daromad qilgan YouTube blogeri unvoniga sazovor bölgan. PewDiePie niki bilan faoliyat yurituvçi Feliks 2015 yil iyunidan 2016 yil iyuniga qadar 15 mln dollar işlab topgan, deb xabar qilmoqda Forbes jurnali.

PewDiePie Let's play janridagi videolarni joylaştiradi, ya'ni videoöyinlarni bevosita öynaş çoğida ularni şarhlab boradi. Uning kanaliga 50 milliondan ortiq foydalanuvçi a'zo. Feliksning joriy yildagi daromadi 20 foizga ösgan. Bunga uning kitob çiqargani ham sabab bölgan.
Forbes reytingining ikkinçi örniga pranker Roman Etvud joylangan. Uning bir yilda işlab topgan daromadi 8 mln dollarni taşkil etadi.

Uçinçi öringa stendap-askiyaçi Lilli Singx munosib körilgan. Uning bir yilda işlab topgan mablaği ötgan yilgidan 3 marta köpayib, 7,5 mln dollarni taşkil etgan. Singx kanaliga 10,2 million foydalanuvçi a'zo bölgan.

Umuman, jurnal tahririyati reytingga 12 nafar videoblogerni kiritgan. Ular bir yilda jami 70,5 million dollar daromad körgan. Bu bir yil avvalgi körsatkiçdan 23 foiz köp demakdir.
















