AQŞning ABC telekanali issiq havoda parkovka qilingan avtomobil saloni qançalik kuçli qizişi mumkinligini körsatiş uçun tajriba ötkazdi. Tajriba doirasida kanal xodimlari bunday maşina içida peçene pişirişdi.
Maşinaning old paneliga peçene xamiri bölgan metall patnis qöyilib, salonda termometr örnatildi. Köçada havo harorati 30-33 gradus atrofida bölganda, avtomobil içidagi harorat ikki soatdan kamroq vaqt içida 60 gradusgaça qizib ketdi.
Ikki yarim soatda peçene içidagi harorat 75 gradusga yetdi va u töliq tayyor holatga keldi.
Telekanalda ta'kidlanişiça, hattoki havo harorati 15 gradus bölgan salqin quyoşli kunda ham maşina saloni 38 gradusgaça, 32 gradusli haroratda esa 70 gradusgaça qizişi mumkin. Bunda salon içidagi harorat birinçi yarim soatda 80 foizga kötariladi.
Kids And Cars taşkiloti ma'lumotlariga köra, AQŞda issiq urişdan har yili maşina içida ota-onalar tomonidan qoldirib ketilgan 37 bola halok böladi. Maşina saloni içida qoldirib ketilgan uy hayvonlari esa 15 daqiqa içida miya şikasti olişlari yoki hattoki nobud bölişlari ham mumkin.















