Internetda Turkiya Bosh shtabi Xulus Akarni ozod qilishiga oid videolavhalar paydo bo‘ldi. Uni, Turkiya hukumati rahbari Binali Yildirim Twitterdagi rasmiy sahifasiga joylashtirgan

"Turkiya Bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Akar sog‘-salomat qutqarildi. Ayni vaqtda u Chanqoya (Anqara)dagi inqiroz markazida ishlamoqda", — deb yozgan bosh vazir. 

Avvalroq, Akar harbiy isyonchilar tomonidan garovga olingani xabar qilingan edi. Keyinroq, Anadolu agentligi Akar, Anqara chekkasidagi aviabazada o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida qutqarilganini ma'lum qilgandi.