Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hukumat kuchlari Bosh shtab nazoratini qo‘lga oldi
Turkiya hukumatiga sodiq mamlakat qurolli kuchlari, Bosh shtab nazoratini qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi yuqori lavozimli turk mulozimiga tayangan holda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta jangovar vertolyotlarni egallab olgan bir guruh harbiylar hamon hukumat qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatishni davom ettirmoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, Turkiya parlamenti va Prezident saroyiga amalga oshirilayotgan hujumlar deyarli to‘xtatilgan.
Avval xabar berilganidek, Turkiya hukumati davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, Turkiya Bosh shtabi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlagan edi. Qarama-qarshilik chog‘ida 60 kishi qurbon bo‘lib, 336 kishi hibsga olinganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026