Turkiyada amalga oşmay qolgan harbiy davlat töntarişidan söng, 754 nafar harbiy xizmatçi qölga olingan, deb xabar qilmoqda Anadolu davlat agentligi Tvitterdagi sahifasida. Bungaça, 336 nafar kişining qamoqqa olingani ma'lum qilingan edi. 

Öz navbatida, NTV telekanalining xabariga köra, mamlakat IIV qaroriga köra, beş nafar general va 29 polkovnik vazifasidan ozod etilgan. 

Avvalroq, Turkiya boş ştabi rahbarligini vaqtinça bajaruvçi tayinlangani xabar qilingan edi. Boş ştabning avvalgi qömondoni qayerda ekanligi va taqdiri noma'lumligiça qolmoqda.