Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada razvedka xizmatidagi 180 xodim ishdan bo‘shatildi
Turkiya Milliy razvedka tashkilotining kamida 180 nafar xodimi harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin o‘tkazilayotgan davlat, sud organlari va armiyada boshlangan yalpi tozalash ishlari doirasida ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Yeni Shafaq telekanaliga asoslanib, TASS agentligi xabar tarqatdi.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, ularning barchasi tashkilotda zaxira xodimlar sifatida qolishadi.
O‘z navbatida Bir gun gazetasida "Jihan" axborot agentligining 60 nafar xodimi lavozimidan chetlatilgani haqida yozilgan.
16 iyulga o‘tar kechasi harbiylar Turkiyadagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga urinib ko‘rdi. Mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa o‘z tarafdorlarini ko‘chalarga chiqishga chaqirdi. Tongga yaqin Turkiya hukumati mamlakatdagi vaziyat nazorat ostiga olinganini ma'lum qildi.
To‘qnashuv vaqtida tinch aholi vakillaridan 190 kishi, isyonchilardan 100dan ortig‘i halok bo‘ldi. Shuningdek, 1500dan ortiq kishi jarohatlangan.
Isyonchilarni qo‘lga olish ishlari davom etmoqda.
Shu vaqtgacha isyonga aloqadorligi gumon qilinib 9332 kishi qo‘lga olindi. Ular orasida prezidentning 2 maslahatchisi, Turkiya din ishlar boshqarmasining 492 nafar xodimi, 100 nafar politsiyachi, 6038 nafar harbiy xizmatchi, 755 nafar sudya va prokurorlar, bosh vazir kantselyariyasining 250dan ortiq xodim hamda 650 nafar oddiy fuqaro bor.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026