Farğona viloyatidagi birlamçi tibbiy-profilaktika muassasalarida patronaj oyligi davom etmoqda. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Sönggi yillarda viloyatda 283 qişloq vraçlik punkti taşkil etildi. Ularning 61 tasi uçun yangi binolar qurildi, mavjudlari kapital rekonstruksiya va ta'mirdan çiqarildi. 

Farğona tumanidagi “Şohimardon” qişloq vraçlik punktida ham patronaj oyligi yuksak saviyada taşkil etilmoqda. Mazkur QVP hududdagi 8 mingdan ortiq aholiga malakali tibbiy xizmat körsatadi. 

Oylik davomida muassasaning 7 patronaj hamşirasi hududdagi xonadonlarda bölib, aholi salomatligi va kasallikni yuzaga keltirişi mumkin bölgan omillarni örganib çiqmoqda. Onalar va bolalar, özgalar parvarişiga muhtoj insonlar, yolğiz keksalar, nogironlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Şuningdek, 2 ming 350 dan ortiq fertil yoşidagi ayollarga tibbiy maslahatlar berilmoqda.