Xitoy hukumati 2025 yilga borib, mamlakatdagi tezyurar temiryöl magistrallari tarmoği uzunligini ikki barobar – 38 ming kilometrga uzaytirmoqçi. Bu haqida XXR Islohotlarni rivojlantiriş milliy komissiyasining (NDRC) xabariga asoslanib, RIA “Novosti” ma'lum qildi.
Bugungi kunda Xitoy dunyodagi eng rivojlangan tezyurar temiryöl tarmoğiga ega. Uning umumiy uzunligi taxminan 19 ming kilometrni taşkil qiladi. Hukumat rejasiga köra, 13-beş yillik oxiriga kelib (2020 yil), uning uzunligi 30 ming kilometrgaça çöziladi.
NDRC ma'lumotiga köra, 2025 yilga borib, mamlakatdagi barça temiryöllarning umumiy uzunligi hozirgi 121 mingdan 175 ming kilometrgaça çöziladi. 2020 yilga borib esa, Xitoydagi barça temiryöllarning umumiy uzunligi, rejaga muvofiq, 150 ming kilometrdan iborat bölişi va mamlakatning 80 foizdan köproq yirik şaharlarini özaro boğlaşi lozim.
Xitoy hukumati taqdim etgan hisobotga köra, 2016 yilda temiryöl qurilişiga jalb etilgan investitsiyalar 123 milliondan ortiqni taşkil qiladi. Joriy yilda temiryöl va avtomobil transporti infratuzilmasiga jalb etilgan investitsiyalar taxminan 377 milliard dollardan iborat.
















