Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Braziliya hukumatidan Olimpiya o‘yinlari vaqtida xavfsizlikni kuchaytirishni so‘rab murojaat qildi
Fransiya hukumati Braziliya rahbariyatiga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida o‘z mamlakatining diplomatik muassasalari xavfsizligini kuchaytirishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqida Folha de São Paulo gazetasi saytida ma'lum qilindi.
Bu yerda gap Fransiyaning Braziliyadagi elchixonasi, Rio-de-Janeyro, San-Paulu, Baiya va Resifi shtatlaridagi konsulliklari, shuningdek diplomatlarning farzandlari tahsil oladigan umumta'lim maktablar va 68ta fransuz tili markazlari haqida bormoqda. Manbaga ko‘ra, Yevropa mamlakati hukumati bu obektlarning terroristik hujumiga yo‘liqishi mumkinligidan xavfsiramoqda.
14 iyul kuni yuk mashinasi Fransiyaning Nitstsa shahridagi bayram tantanalari o‘tayotgan maydonga bostirib kirgan. Buning natijasida 84 kishi halok bo‘lgan, taxminan 200 kishi jarohatlangan. Ushbu voqeadan keyin Braziliya mudofaa vaziri Raul Jungmann Olimpiada vaqtida mamlakatda xavfsizlikni kuchaytirishi to‘g‘risida ma'lum qilgan.
XXXI yozgi Olimpiada 2016 yilning 5-21 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu Janubiy Amerikada tashkillashtirilgan birinchi Olimpiya o‘yinlari hisoblanadi. Paralimpiada 7-18 sentabr kunlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
20:09 / 09.03.2026
Braziliyadagi futbol uchrashuvida 23 ta qizil kartochka ko‘rsatildi
10:51 / 02.03.2026
Iordaniya va Bahraynda bo‘lgan fuqarolarga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar berildi
23:00 / 22.02.2026