Saudiya Arabistoni Ulamolar kengaşi Pokemon öyinini islom diniga zid deb topib, uning gunohligi töğrisida fatvo berdi. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi. 

Manbaga köra, Ulamolar kengaşi 2001 yilda çiqqan Pokemon karta öyiniga doir farmonni yangiladi.

Kengaş qaroriga köra, pokemonlar haqidagi öyinlar islom diniga zid belgilarni özida mujassam etgan, köp xudolik va qimor öyinlari şular jumlasidandir. Bundan taşqari, öyinda maxsus kuçga ega mavjudotlarning mutatsiyasiga duç keliş mumkin, bu esa islomda gunoh hisoblanuvçi evolyutsiya nazariyasiga işora qiladi.

Ekspertlarning ogohlantirişiça, mazkur öyin real hayotda jabrlanişga yoki öğirlikka olib kelişi mumkin. Rossiya banklari hattoki öyin paytidagi jarohatlardan suğurtalanişni taklif qilişdi.