Özbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi Islom dinida bitkoin, notkoin va boşqa şu kabi kriptovalutalarda savdo-sotiq qilişga munosabat qandayligi haqidagi savolga javob tariqasida e’lon qilgan xabariga tuzatiş kiritdi.

Avvalroq, Fatvo markazi kriptovalutalarni özaro ayirboşlaş va ular bilan savdo-sotiq qiliş şar’an joiz emasligini, çunki kriptovalutalar şariat tomonidan pulga qöyilgan talablarga mos emasligini ma’lum qilgan edi.

Bu xabarga nisbatan e’lon qilingan tuzatişda fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot işlari hali nihoyasiga yetmagani va zamonaviy masalalarni keng qamrovli örganiş işlari olib borilayotgani ta’kidlanadi.

Qayd etilişiça, Fatvo markazi direktori Nuriddin Xoliqnazarov va uning örinbosarlari Haj safarida bölib turibdi, xabar esa texnik sabablarga köra, ehtiyotsizlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.

Fatvo markazi uzr söragan holda, uşbu fatvo loyihasi böyiça ilmiy tadqiqotlarni nihoyasiga yetkazib, qayta havola etilişini ma’lum qilgan.