Sport | 18:49 / 25.07.2016
15940
2 daqiqa o‘qiladi

Fotogalereya. Olimpiya qishlog‘ida sportchilar uchun qay darajadagi sharoitlar muhayyo qilingan?

Rio-de-Janeyroda Olimpiada-2016 o‘yinlarida ishtirok etuvchi sportchilar istiqomat qiladigan Olimpiya qishlog‘i ochildi. Turar-joy majmuasi o‘z ichiga 10 500 nafar sportchi va 7000 nafar delegatsiya a'zosiga mo‘ljallangan 31 binoni qamrab olgan. Umumiy nomerlar soni 10160tani tashkil etadi. Ma'lum qilishlaricha, qishloqcha hududida tennis korti, futbol maydoni, basseynlar, klinika va trenajyor zali mavjud.

Olimpiya qishlog‘ining tamaddixonasi uchta futbol maydoniga teng hududni egallaydi. Sportchilar ko‘plab davlatlarning milliy taomlaridan tanovul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Olimpiya qishlog‘ining qurilish xarajatlari 1,5 milliard dollarga baholanmoqda. Loyiha investori Karvalyu Xosken mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat tufayli ulkan zarar ko‘rishi kutilmoqda.

Olimpiada o‘yinlari 5 avgustdan 21 avgustga qadar davom etadi. 

1. Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya qishlog‘i

2. Olimpiya qishlog‘i o‘z ichiga 31 turar-joy binosini qamrab olgan

3. Barcha appartamentlarda ayvonchalar mavjud

4. Ikki o‘rinli standart xona

5. Olimpiya qishlog‘idagi dam olish zonasi

6. Olimpiya qishlog‘idagi sport zali

7. Nomerlardan birining derazasidan qaralganda...

8. Yuvinish xonasi

9. Ikki kishilik standart xona

10. Olimpiya qishlog‘idagi asosiy oshxona

11. Olimpiya qishlog‘idagi tibbiyot markazining fizioterapiya xonasi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid