Turkiya harbiy sudlari tizimi jiddiy özgarişlarga uçraşi va balki töliq tugatilişi ham mumkin, deb yozmoqda Hurriyet gazetasi.
Naşr ma'lumotlariga köra, mamlakat siyosiy partiyalari, Turkiya konstitutsiyasiga harbiy sudlarning vakolatlarini çeklovçi tuzatişlar kiritişni muhokama etmoqda. Xususan, uşbu tuzilmalarga barham berib, armiya ixtiyorida faqatgina intizomiy sudlarni qoldiriş taklifi bildirilmoqda. Qurolli kuçlar nizomining buzilişidan boşqa har qanday harbiy işlarni fuqarolik sudlari körib çiqadi.
Boşqa taklifga köra, barça harbiy sudlarni Turkiya Qurolli kuçlari Boş ştabi ixtiyorida qoldiriş va ularning hukmini Oliy sud bilan kelişiş nazarda tutilmoqda.
Bundan taşqari, armiya ustidan bevosita nazoratni hukumatga topşiriş böyiça tuzatişlar ham körib çiqilmoqda. Şu bilan birga, Boş ştabni prezident yoki Vazirlar mahkamasiga böysundiriş yöli ham muhokama etiladi.












