Instagram fotoservisi foydalanuvçilar uçun suratlar tagidagi izohlarni yopib qöyiş imkonini taqdim etadi. Yaqin kunlarda paydo bölişi kutilayotgan yangi optsiya haqida Washington Post ma'lum qildi.
Kompaniya vakillarining sözlariga köra, akkaunt egalari muayyan bir fotosurat yoki video ostidagi izohlarga mustaqil ravişda çeklovlar belgilaşi – yomon sözlar yoki yoqimsiz foydalanuvçilar uçun izohlarni bloklaşi yoki ularni saralaşi mumkin böladi. Yangi optsiya foydalanuvçilarga trollar bilan kuraşişda yordam berişga qaratilgan.
Izohlarni saralaş yoki bloklaş dastlab kino va musiqa yulduzlari, şuningdek köp sonli folloverlarga ega foydalanuvçilar tomonidan sinab köriladi. Instagram avval biznes-akkauntlar uçun bunday funksiyani işga tuşirgan.
















