Germaniya ğarbida joylaşgan Saarbryukken şahri markazida qurollangan erkak qahvaxonalardan biriga kirib oldi va u yerni qölga oldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Şahar politsiyasi rasmiy vakilining RIA “Novosti”ga aytişiça, erkakning şaxsi aniqlangan. U saarbryukkenlik bölib, yoşi 43 da. Uning aytişiça, qahvaxonada undan boşqa heç kim yöq”.
Agentlik suhbatdoşining aytişiça, erkak aloqaga çiqmagan. Voqea joyida psixolog va suhbatdoşlar guruhi iş olib bormoqda. U, şuningdek, “bir guvohning sözlariga köra, erkak qip-qizil qonga böyalgan, ammo bu hali aniqlaştirilmagan"ini ma'lum qilgan.
Bild am Sonntag naşrining ma'lumotiga köra, maxsus qöşin yaqin vaqt içida hujumga ötişni rejalaştirmoqda. Saarbryukken markazi berkitilgan.
“Reyter” agentligining politsiyaga asoslanib xabar berişiça, heç narsa voqeaning terrorizm bilan aloqasi borligini körsatmayapti.
Aniqlaştirilişiça, erkak qahvaxona egasining kuyovi hisoblanadi va u ayni damda asabi qattiq buzilgan holatda.
















